Haqiqiy PostgreSQL va MySQL — brauzerda

SQL’ni o‘qib emas,
yozib o‘rganing

SQLab — ma’lumotlar bazasi fani uchun onlayn laboratoriya. Dastur o‘rnatish, sozlash, kuchli noutbuk — hech biri kerak emas. Saytni ochasiz va so‘rov yozishni boshlaysiz.

Bepul boshlash

SQLab

  • PostgreSQL 18
  • MySQL 8.4
  • 3 tilda
  • Bepul
university=#
SELECT first_name, last_name, city
FROM students
WHERE course = 2
ORDER BY last_name
LIMIT 5;
first_namelast_namecity
FarruxAliyevNavoiy
LazizAzimovToshkent
OzodaAzimovaQarshi
UmidBoboyevToshkent
NozimaBoboyevaSamarqand

(5 rows)

university=#
qator

O‘zbekiston universitetlari talabalari uchun

TATUToshkentO‘zMUToshkentTDTUToshkentINHAToshkentWIUTToshkentTTPUToshkentNewUUToshkentPDPToshkentTDIUToshkentAUTToshkentCAUToshkentKIUTToshkentWebsterToshkentMDISTToshkentTIQXMMIToshkentTDTrUToshkentTAQUToshkentTDPUToshkentTKTIToshkentTTYeSIToshkentSamDUSamarqandTATU SFSamarqandSamISISamarqandBuxDUBuxoroBuxMTIBuxoroAndDUAndijonAndMIAndijonNamDUNamanganNamMTINamanganFarDUFarg‘onaFarPIFarg‘onaTATU FFFarg‘onaQarDUQarshiQarMIIQarshiTATU QFQarshiUrDUUrganchTATU UFUrganchQDUNukusTATU NFNukusTerDUTermizGulDUGulistonJizPIJizzaxNDKTUNavoiy

0

tekshiriladigan topshiriq

0

dars noldan profigacha

0

hayotiy baza

0

til: o‘zbek, rus, ingliz

Qaysi bazada ishlaymiz?

Darsda qaysi tizim o‘tilsa, o‘shani tanlaysiz. Bir tugma bilan almashtiriladi — topshiriqlar ikkalasida ham bir xil.

Tayyor

PostgreSQL18

Dunyodagi eng ilg‘or ochiq kodli baza. Jiddiy loyihalar tanlovi.

Tayyor

MySQL8.4

Eng ko‘p tarqalgan baza. Veb-saytlarning katta qismi shunda ishlaydi.

Tez orada

Oracle Database

Yirik korxona va banklar bazasi. Ustida ishlayapmiz.

Noldan mustaqil so‘rov yozguncha

To‘rt bo‘lim — bitta yo‘l. Har birida nazariya darhol amaliyotga aylanadi.

O‘rganishni osonlashtiradigan mayda narsalar

Darsda ham, uyda ham, telefonda ham bir xil qulay.

Xatoni tushuntiradi

Bazaning asl xabari ostida — nima bo‘lgani va qanday tuzatish o‘z tilingizda.

ERROR 1054 (42S22): Unknown column 'nmae' in 'field list'

«nmae» degan ustun yo‘q. Balki «name» demoqchimisiz?

Haqiqiy server

Simulyatsiya emas: so‘rovlar PostgreSQL va MySQL’ning o‘zida bajariladi.

Telefonda ham

Terminal kichik ekranga moslangan, SQL belgilari uchun tezkor tugmalar bor.

SELECT*;'()JOINWHERE

Uch tilda

Har bir matn ma’nosi bilan tarjima qilingan, so‘zma-so‘z emas.

O‘zbekchaРусскийEnglish

Guruh kodi

Ustoz 6 belgili kod beradi — talaba bir daqiqada guruhga qo‘shiladi.

K7M-2QX

Reyting va XP

Har bir yechim ochko beradi, guruh ichida bellashuv paydo bo‘ladi.

1Dilnoza Karimova1 840
2Jasur Toshmatov1 610
3Malika Yusupova1 335

Universitetlar SQLab’da

Raqamlar jonli: ustoz guruh ochishi yoki talaba qo‘shilishi bilan yangilanadi.

TATU

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Toshkent

0

ustoz

0

guruh

0

talaba

Ustozlar uchun

Guruhingiz qayerga yetganini bir qarashda ko‘ring

Laboratoriya ishlarini tekshirishga soatlab vaqt ketmaydi: kim qaysi darsni o‘tdi, nechta masala yechdi — hammasi bitta jadvalda.

  • Guruh oching va talabalarga 6 belgili kodni bering
  • Har bir talabaning darslari, mashqlari va masalalarini kuzating
  • Guruh ichidagi reyting talabalarni o‘zi harakatga keltiradi

SQLab

MB-211 guruhi

Guruh kodi: K7M-2QX

Namuna
#TalabaDarslarMasalalarXP
1Dilnoza Karimova18420
2Jasur Toshmatov16370
3Malika Yusupova15290
4Bobur Aliyev11180
5Sardor Nazarov790

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu pullikmi?

Yo‘q. Talabalar va ustozlar uchun SQLab bepul.

Kompyuterga biror narsa o‘rnatish kerakmi?

Yo‘q. So‘rovlaringiz bizning serverdagi haqiqiy PostgreSQL va MySQL’da bajariladi, sizga faqat brauzer kerak.

Ro‘yxatdan o‘tmasdan foydalansa bo‘ladimi?

Ha. Mehmon sifatida darslarni o‘qish va mashq qilish mumkin. Masala yechish, arena va reyting uchun Google orqali kirasiz.

Universitetim ro‘yxatda bo‘lmasa-chi?

Universitetni tanlash majburiy emas. Guruhga faqat ustoz bergan kod orqali ham qo‘shilish mumkin.

Bu haqiqiy bazami yoki simulyatsiya?

Haqiqiy. Xato xabarlari ham, natijalar ham ishlab chiqarishdagi PostgreSQL va MySQL bilan bir xil — shu sababli bu yerda o‘rganganingiz ishda ham ishlaydi.

Birinchi so‘rovingizni hoziroq yozing

Bir daqiqadan keyin SELECT yozayotgan bo‘lasiz.

Bepul boshlash