SQL’ni o‘qib emas,
yozib o‘rganing
SQLab — ma’lumotlar bazasi fani uchun onlayn laboratoriya. Dastur o‘rnatish, sozlash, kuchli noutbuk — hech biri kerak emas. Saytni ochasiz va so‘rov yozishni boshlaysiz.
- PostgreSQL 18
- MySQL 8.4
- 3 tilda
- Bepul
SELECT first_name, last_name, city
FROM students
WHERE course = 2
ORDER BY last_name
LIMIT 5;| first_name | last_name | city |
|---|---|---|
| Farrux | Aliyev | Navoiy |
| Laziz | Azimov | Toshkent |
| Ozoda | Azimova | Qarshi |
| Umid | Boboyev | Toshkent |
| Nozima | Boboyeva | Samarqand |
(5 rows)
O‘zbekiston universitetlari talabalari uchun
0
tekshiriladigan topshiriq
0
dars noldan profigacha
0
hayotiy baza
0
til: o‘zbek, rus, ingliz
Qaysi bazada ishlaymiz?
Darsda qaysi tizim o‘tilsa, o‘shani tanlaysiz. Bir tugma bilan almashtiriladi — topshiriqlar ikkalasida ham bir xil.
PostgreSQL18
Dunyodagi eng ilg‘or ochiq kodli baza. Jiddiy loyihalar tanlovi.
MySQL8.4
Eng ko‘p tarqalgan baza. Veb-saytlarning katta qismi shunda ishlaydi.
Oracle Database
Yirik korxona va banklar bazasi. Ustida ishlayapmiz.
Noldan mustaqil so‘rov yozguncha
To‘rt bo‘lim — bitta yo‘l. Har birida nazariya darhol amaliyotga aylanadi.
Qadamlar
01O‘rganish
Jadval nima ekanidan boshlab oyna funksiyalari va tranzaksiyalargacha. Har bir mavzu qisqa, sodda tilda va jonli misol bilan.
02Mashq
Dorixona bazasini o‘z qo‘lingiz bilan noldan quring: jadval yaratish, to‘ldirish, bog‘lash. Xato qilsangiz, sababi tushuntiriladi.
03Masalalar
Uch darajadagi mustaqil masalalar. Javobingiz haqiqiy bazada tekshiriladi va reytingingizga qo‘shiladi.
04Arena
Katta, hayotiy bazani tanlang va savollar zanjiridan o‘ting. To‘g‘ri javob — keyingi savol.
O‘rganishni osonlashtiradigan mayda narsalar
Darsda ham, uyda ham, telefonda ham bir xil qulay.
Xatoni tushuntiradi
Bazaning asl xabari ostida — nima bo‘lgani va qanday tuzatish o‘z tilingizda.
ERROR 1054 (42S22): Unknown column 'nmae' in 'field list'
«nmae» degan ustun yo‘q. Balki «name» demoqchimisiz?
Haqiqiy server
Simulyatsiya emas: so‘rovlar PostgreSQL va MySQL’ning o‘zida bajariladi.
Telefonda ham
Terminal kichik ekranga moslangan, SQL belgilari uchun tezkor tugmalar bor.
Uch tilda
Har bir matn ma’nosi bilan tarjima qilingan, so‘zma-so‘z emas.
Guruh kodi
Ustoz 6 belgili kod beradi — talaba bir daqiqada guruhga qo‘shiladi.
K7M-2QX
Reyting va XP
Har bir yechim ochko beradi, guruh ichida bellashuv paydo bo‘ladi.
Universitetlar SQLab’da
Raqamlar jonli: ustoz guruh ochishi yoki talaba qo‘shilishi bilan yangilanadi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Toshkent
0
ustoz
0
guruh
0
talaba
Ustozlar uchun
Guruhingiz qayerga yetganini bir qarashda ko‘ring
Laboratoriya ishlarini tekshirishga soatlab vaqt ketmaydi: kim qaysi darsni o‘tdi, nechta masala yechdi — hammasi bitta jadvalda.
- Guruh oching va talabalarga 6 belgili kodni bering
- Har bir talabaning darslari, mashqlari va masalalarini kuzating
- Guruh ichidagi reyting talabalarni o‘zi harakatga keltiradi
MB-211 guruhi
Guruh kodi: K7M-2QX
Ko‘p so‘raladigan savollar
Bu pullikmi?
Yo‘q. Talabalar va ustozlar uchun SQLab bepul.
Kompyuterga biror narsa o‘rnatish kerakmi?
Yo‘q. So‘rovlaringiz bizning serverdagi haqiqiy PostgreSQL va MySQL’da bajariladi, sizga faqat brauzer kerak.
Ro‘yxatdan o‘tmasdan foydalansa bo‘ladimi?
Ha. Mehmon sifatida darslarni o‘qish va mashq qilish mumkin. Masala yechish, arena va reyting uchun Google orqali kirasiz.
Universitetim ro‘yxatda bo‘lmasa-chi?
Universitetni tanlash majburiy emas. Guruhga faqat ustoz bergan kod orqali ham qo‘shilish mumkin.
Bu haqiqiy bazami yoki simulyatsiya?
Haqiqiy. Xato xabarlari ham, natijalar ham ishlab chiqarishdagi PostgreSQL va MySQL bilan bir xil — shu sababli bu yerda o‘rganganingiz ishda ham ishlaydi.